Yermakning Ukrainadan chiqishiga taqiq qo‘yildi
Olam
−
02 dekabr 5451 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti apparatining sobiq rahbari Andrey Yermakka mamlakatdan chiqishga ta’qiq qo‘yildi. Bu haqda Oliy rada deputati Aleksey Goncharenko ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu taqiqning asosiy sababi – Milliy antikorrupsiya byurosi (NABU) tomonidan yuborilgan so‘rov bo‘lib, unga uchta ayblov qo‘yilishi rejalashtirilmoqda, lekin Yermakning qaysi jinoyatlar bo‘yicha ayblanishi mumkinligi ochiqlanmagan.
Deputat bu voqeani kulguli tarzda bayon etgan.
“Avval tizimni qurishda faol ishtirok etasan, so‘ng o‘zing shu tizimning tishlari orasiga tushasan”, deya o‘z Telegram-kanalida yozgan Goncharenko.
“The Economist” xabariga ko‘ra, Yermak ishdan bo‘shatilganidan so‘ng xavotirga tushgan va “The New York Times”ga intervyu berib, frontga borishini bildirgan. Prezident Vladimir Zelenskiy Yermakning ishdan bo‘shatilishini “Prezident ofisini qayta ishga tushirish” deb atagan va uning muzokaralarda doimo to‘g‘ri pozitsiyani himoya qilganini ta’kidlagan.
Qayd etish joiz, 28 noyabr kuni NABU Yermakning uyida energiya sohasidagi korrupsiya ishini tergov qilish doirasida tintuv o‘tkazdi. Shu kuni Prezident Vladimir Zelenskiy Yermakni lavozimidan bo‘shatdi.
OAV xabariga ko‘ra, Yermak ishdan bo‘shash arafasida Prezidentga tanqid va ayblovlar bilan murojaat qilgan.
Live
Barchasi