Yevropada yoqilg‘i narxlari rekord darajaga yetdi

Olam

image

2026 yilning mart oyida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida avtomobil yoqilg‘isi narxlari keskin oshgan. 2025 yil martiga nisbatan benzin narxi o‘rtacha 9,4 foizga, dizel yoqilg‘isi esa 19,8 foizga qimmatlashgan. Bunday tez o‘sish 2022 yildan beri kuzatilmagan. Bu haqda “Eurostat” xabar berdi.

Eng katta o‘sish dizel yoqilg‘isida qayd etilgan. Chexiya va Shvetsiyada narxlar 27,6 foizga oshgan. Shuningdek, Estoniyada 26,8 foiz, Latviyada 25,4 foiz, Belgiya va Niderlandiyada esa 25,2 foizga ko‘tarilgan. Boshqa davlatlarda dizel narxi o‘rtacha 10 foiz atrofida oshgan.

Benzin narxi esa ayniqsa Avstriya, Litva va yuqoridagi davlatlarda 14–15 foizga ko‘tarilgan.

Eng kam o‘sish Vengriyada kuzatilgan: bu yerda dizel 7 foizga, benzin esa 4,7 foizga oshgan.

Mutaxassislar narxlarning bunday keskin ko‘tarilishiga asosiy sabab sifatida Eron atrofidagi harbiy mojarolar tufayli neft mahsulotlari yetkazib berilishidagi uzilishlarni ko‘rsatmoqda. Bu holat Yevropaning energiya tizimi global inqirozlarga qanchalik bog‘liq ekanini yana bir bor namoyish etgan.

Shuningdek, Yevropa davlatlarining Rossiya energiya resurslaridan voz kechishi ham muhim omillardan biri bo‘ldi. Oldin Rossiya Yevropa neft ehtiyojining qariyb chorak qismini ta’minlab kelgan. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda Yevropada bir nechta neftni qayta ishlash zavodlari zarar tufayli yopilgan, bu esa taklifning kamayishiga va narxlarning yanada oshishiga olib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq neft muammosi global voqeaga aylanayotgan bir paytda, Avstraliyaning Jilong shahrida mamlakatdagi eng katta neftni qayta ishlash zavodlaridan biri yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa yoqilg'i dizel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing