Z-avlodning talabi bilan Nepalning birinchi ayol bosh vaziri tayinlandi

Olam

image

Nepalning Oliy sudining sobiq sudyasi Sushila Karki muvaqqat bosh vazir etib tayinlandi. Nepal Prezidenti Ram Chandra Paudel bu lavozimga 73 yoshli Karkini tayinladi va u kecha, 12 sentyabr kuni qasamyod keltirdi.

Karki Nepaldagi birinchi ayol bosh vazirdir. Uning nomzodini namoyishchilar yetakchilari taklif qilgan. U Nepal Vazirlar Mahkamasiga 2026 yilning mart oyida bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan keyingi saylovlarga qadar rahbarlik qilishi kutilmoqda.

Karki mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yaxshi tanilgan.

9 sentyabr kuni Nepal hukumati ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan va qurbonlar bilan yakunlangan ijtimoiy tarmoqlardagi taqiqni bekor qildi. Inqiroz sharoitida bosh vazir Sharma Oli, ichki ishlar vaziri va yana ikki vazir iste’foga chiqdi.

Nepalda 20 dan ortiq ijtimoiy media platformalari, jumladan, Facebook, Instagram va YouTube'ni ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat nazoratiga topshirish bo‘yicha yangi talabni bajarmaganliklari bahonasida taqiqlangan edi. Taqiqlar bekor qilinganiga qaramay, namoyishlar susaymadi: ularning ishtirokchilari, asosan, yoshlar mamlakatdagi korrupsiyaga va umuman, amaldagi hokimiyat siyosatiga qarshi norozilik bildirdi.

Axborot agentliklariga ko‘ra, minglab namoyishchilar yetakchi partiyalar ofislari va ayrim siyosatchilarning uylarini buzib kirib, o‘t qo‘ygan. Namoyishchilar Nepal Kongressi partiyasi idorasi va bir qancha politsiya bo‘limlariga o‘t qo‘ydi.

Nepaldagi ommaviy norozilik namoyishlari “Z avlodi namoyishlari” deb nomlanadi. Politsiya bilan to‘qnashuvlarda kamida 51 kishi halok bo‘lgan, 1300 dan ortiq kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Nepal Sushila Karki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing