Haykal ortidan ko‘cha. Qirg‘iziston Lenindan voz kechmoqda

Olam

image

Qirg‘izistonning O‘sh shahar kengashi shaharning markaziy ko‘chalaridan biri Lenin ko‘chasi nomini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Endi u buyuk davlat arbobi Alimbek Kurmanjan Datka nomi bilan ataladi.

Hokimlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tegishli qaror deputatlarning ko‘pchiligi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Shahar kengashi raisi bu qarorni “milliy o‘zlikni mustahkamlash va o‘z tarixiga hurmatni kuchaytirish istagini aks ettiruvchi tarixiy qadam” deb atagan.

Alimbek Datka (1804-1862) – XIX asrning yirik qirg‘iz davlat va harbiy arbobi, Qo‘qon xonligi asoschilaridan biri.

U saribag‘ish qabilasining sayoq urug‘idan chiqqan. Alimbek Datka janubiy qirg‘iz yerlarining siyosiy jihatdan mustahkamlanishida muhim rol o‘ynagan va Farg‘ona vodiysi hukmdori bo‘lgan otaliq-biy lavozimini egallagan. Shuningdek, u Qo‘qon xonlaridan birinchi bo‘lib “datka” unvonini oldi va bu keyinchalik Kurmanjon Datkaning xuddi shunday tan olinishiga asos bo‘ldi. U Qo‘qondagi saroy fitnasi oqibatida o‘ldirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida O‘shning markaziy maydonida Vladimir Lenin haykali demontaj qilingan edi. Bir qator OAVlar bu harakatni tarixga bog‘lab, “do‘stlik bog‘ichining uzilishi” deya izohlagandi. Leninning ushbu haykali Markaziy Osiyo va butun dunyodagi eng baland haykallardan biri bo‘lib, uning balandligi 25 metr edi. Haykal 1975 yilda o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Lenin O'sh Qo'qon xonligi Alimbek Datka Lenin ko'chasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing