Amerikalik ayol ChatGPT yordamida lotereyada 150 ming dollar yutdi

Bu qiziq

image
ChatGPT’da “ruhiyatga ta’sir ko‘rsatmaydigan” yangi funksiya yaratildi north_east

ChatGPT’da “ruhiyatga ta’sir ko‘rsatmaydigan” yangi funksiya yaratildi

AQSHning Virjiniya shtatida yashovchi Kerri Edvards ismli ayol ChatGPT tomonidan yaratilgan raqamlardan foydalangan holda katta Powerball sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “The New York Post” xabar berdi.

ChatGPT yutuqli lotereya raqamlarini bashorat qilish qobiliyatiga ega emas. Edvards chat-botdan tasodifiy raqamlar generatori sifatida foydalangan va omad unga kulib boqqan.

Nashrning yozishicha, ayol qo‘lga kiritgan 150 ming dollar yutuqni o‘tgan yili demensiya tufayli vafot etgan turmush o‘rtog‘i xotirasiga bag‘ishlab, ehson qilgan. U o‘z yutug‘ini bir qancha notijorat tashkilotlarga, jumladan, Harbiy-dengiz kuchlariga yordam berish jamiyati, Shalom Farms oziq-ovqat xayriya tashkiloti va "Frontotemporal demans" tadqiqot uyushmasiga xayriya qilgan.

2023 yilda Tailand fuqarosi ChatGPT raqamlaridan foydalangan holda mahalliy lotereyada kichik summani (59 dollar) yutib olgandi. 2025 yilda esa italiyalik uch talaba atigi 350 dollar sarflab, 50 ming dollar yutib olishga yordam beradigan algoritm ishlab chiqqandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Olmaota shahrida yashovchi 23 yoshli Kenjabek Ismoilov ChatGPT yordamida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimani bekor qilishga muvaffaq bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

ChatGPT lotereya Virjiniya Kerri Edvards Powerball

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing