Amurda YTHga uchragan avtobusda o‘zbekistonliklar bo‘lgani rad etildi

Olam

image

Avvalroq, Rossiyaning Amur viloyatida O‘zbekiston, Turkiya va Tojikiston fuqarolarini olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirib, avtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lganini rad etdi.

Qayd etilishicha, kecha, 16 oktyabr kuni Amur viloyati hududidagi Blagoveshensk-Svobodniy yo‘lining 19-chaqirig‘ida yengil avtomobil va Yamata nomli Turkiya qurilish kompaniyasiga tegishli bo‘lgan yo‘lovchi avtobus ishtirokida avtohalokat sodir bo‘lgan.

O‘zbekistonning Xabarovsk shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tomonidan hodisa yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilgan. 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, YTH oqibatida 1 nafar avtobus yo‘lovchisi halok bo‘lgan, 14 nafari turli darajada tan jarohati olgan. Ushbu avtobusda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaning Arxangelsk shahrida qurilish ishlari davomida baxtsiz hodisa sababli vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH avtobus Amur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing