Andijonda Nexia maktab o‘quvchilarini urib ketdi (video)
3-sahifa
−
13 Oktabr 4899 1 daqiqa
Andijon viloyatida Nexia-3 rusumli avtomobil haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ikki nafar maktab o‘quvchisini urib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, kecha, 12 oktyabr kuni soat 14:30 lar atrofida, Andijon tumanining “Qurama” MFY hududidan o‘tgan A-373 Xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lining 343-kilometrida, 1969 yilda tug‘ilgan haydovchi S.R. o‘zining Nexia-3 rusumli transport vositasini “Bog‘ishamol - Jalaquduq” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lning o‘ng tarafidan chap tarafiga kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan piyodalar N.Ya. va N.I.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu YTH oqibatida voyaga yetmagan piyoda N.I. chap oyog‘idan jarohat olgan va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filialiga yotqizilgan. Ikkinchi piyoda N.Ya. esa xech qanday tan jarohati olmagan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 sentyabr kuni soat 19:00 da Samarqand tumani hududidan o‘tuvchi Panjikent ko‘chasida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Gentra haydovchisi yuqori tezlikda 15 yoshli piyodani urib yuborgan hamda voqea joyidan qochib ketgan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr