Millionlab tirik odamlar aziyat chekyapti – Shohruh reper Toshkentdagi ekologik vaziyat haqida

Jamiyat

image
“Hukumat tabiatga buyruq berolmaydi”. Alisher Qodirov havoda “negativ zarralar” ortayotganini aytdi north_east

“Hukumat tabiatga buyruq berolmaydi”. Alisher Qodirov havoda “negativ zarralar” ortayotganini aytdi

Mashhur reper, xalq deputatlari Chilonzor tumani kengashi a’zosi Shohruh Shodmonov Toshkent shahrida havo ifloslanishi va uning ortidan avj olgan muhokamalar fonida mas’ul tuzilmalar hanuz faqat hisobot va izohlar bilan cheklanayotganini aytdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.

“Yurtimizda havo buzilishini ochiqcha aytaylik: bu “mavsumiylik” yoki “tabiiy jarayonlar” emas – bu befarqlik natijasi”, deydi deputat.

Shohruh Shodmonov bolalar zaharli havodan nafas olayotgani, odamlar niqob va tozalagichlar bilan o‘z sog‘lig‘ini himoya qilishga urinayotgani, biroq hammaning ham bunday narsalarni sotib olishga imkoni yo‘qligini qayd etgan.

“Aholi qo‘lidan kelganini qilmoqda, lekin mas’ul tuzilmalar hanuz faqat hisobot va izohlar bilan cheklanmoqda.

Ekologiya mas’ullariga qanchalik murakkab bo‘lmasin, bu masala tez, qat’iy va keskin tarzda hal qilinishi shart. Sizlarning sustkashligingizdan millionlab tirik odamlar aziyat chekyapti”, deydi Shodmonov.

Shuningdek, u shu kunlarda ekologiya mas’ullariga kengaytirilgan vakolatlar va real vositalar berilgani, bu ular uchun qahramonlarga aylanish imkoniyati ekanini ta’kidlagan. 

“Agar shundan keyin ham hech nima qila olmasangsiz, unda bilmadim, sizlarni nima deb atashni. Shuning uchun, ko‘p gapirmasdan amaliy jasorat ko‘rsating!” deydi Shohruh Shodmonov.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 19 noyabr kuni qabul qilingan “Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan O‘zbekistonda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tashkil etilishi belgilangandi. Ekologiya qo‘mitasi raisi bir vaqtning o‘zida Ekopolitsiya boshlig‘i hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent havo Shohruh Shodmonov ekologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing