Bugun “Nasaf” “Al-Vaxda” bilan kuch sinashadi

Sport

image

Bugun, 3 noyabr kuni qarshining “Nasaf” jamoasi OFK Elit Chempionlar ligasi musobaqasidagi 4-tur uchrashuvini o‘tkazadi. Ushbu turda Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari Qarshida BAAning “Al-Vaxda” klubini qabul qiladi. Uchrashuv soat 18:45 da Qarshining “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Bahsni saudiyalik hakamlar birigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Xalid Salex Al-Turaisga  qanotlarda hamyurtlari Muhammad Maki Alabakry, Abdulrahim Habib Al Shammari yordam beradi. VAR hakami Sulton Sanat Alharbi.

Jamoalar shu paytga qadar 1 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Tomonlarning ilk uchrashuvi 2002 yilda bo‘lib o‘tgan.  Bu bahslarda “Nasaf” 1:2 hisobida g‘alaba qozongan. Qarshiliklar milliy chempionatda so‘ngi ikkita uchrashuvda durrang natija qayt etgan bo‘lsa, “Al-Vaxda” esa BAA ichki birinchiligida so‘ngi 5 ta uchrashuvdan beri g‘alabali seriya qayt etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qarshining “Nasaf” jamoasi OFK Elit Chempionlar ligasi 1-turda Saudiya Arabistonining “Al Ahli” jamoasiga, 2- turda esa “Al-Hilol” jamoasiga qarshi uchrashuvlarda mag‘lubiyatga uchragan edi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari umumiy jadvalda so‘ngi o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Nasaf” OFK Elit Chempionlar ligasi “Al-Vaxda”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing