Bugun “Nasaf” “Traktor” bilan o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 24 noyabr kuni Qarshining “Nasaf” jamoasi OFK Elit Chempionlar ligasi musobaqasidagi 5-tur uchrashuvini o‘tkazadi. Ushbu turda Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari Qarshida Eronning “Traktor” klubini qabul qiladi. Uchrashuv soat 18:45 da Qarshining “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Jamoalar shu paytga qadar 2 bor o‘zaro to‘qnash kelgan. Tomonlarning ilk uchrashuvi 2015 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi doirasida  bo‘lib o‘tgan va unda “Nasaf” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Javob uchrashuvida ham qarshiliklar xuddi shu hisobda g‘alaba qozongan. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari so‘ngi 6 ta uchrashuvdan beri g‘alaba qozona olmayotgan bo‘lsa, “Traktor” esa so‘ngi 5 ta uchrashuvning 3 tasida g‘alaba, 1 ta durrang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.

Ma’lumot uchun, eronliklar yakunlangan 4 ta turdan so‘ng 8 ochko bilan jadvalda 4-o‘rinda bormoqda, “Nasaf” esa barcha uchrashuvlarda mag‘lubiyatga uchragan holda jadvalda eng so‘ngi o‘rinni band etgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Nasaf” Elit Chempionlar ligasi “Markaziy”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing