“Nasaf” 4-uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchradi

Sport

image

Kecha, 3 noyabr kuni Qarshining “Nasaf” jamoasi OFK Elit Chempionlar ligasining 4-turida BAAning “Al-Vahda” klubiga qarshi maydonga tushdi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari yakunda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Uchrashuvning 42-daqiqasida “Nasaf” futbolchisi Sardorbek Bahromov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi va qarshiliklar birinchi bo‘limni ustunlik bilan yakunladi. 

Ikkinchi bo‘lim boshi, 52-daqiqada “Al-Vahda” hisobni tenglashtirishga erishdi. Dushan Tadichning aniq uzatmasidan so‘ng Ineki Ogbu Abduvohid Ne’matov darvozasini ishg‘ol qildi. Bahsning so‘nggi daqiqalari, 89-daqiqada Kayo Kanedoning goli mehmonlarga g‘alaba keltirdi. Shu tariqa, Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari 4-tur yakuniga kelib, 4 ta mag‘lubiyat bilan jadvalning eng quyi pog‘onasida bormoqda.

Ma’lumot uchun, OFK Elit Chempionlar ligasida ayni damda Saudiyaning “Al Hilol” jamoasi 12 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. “Al-Vahda” “Nasaf” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng ochkolarini 10 ta yetkazgan holda 2, Eronnning “Traktor” jamoasi 8 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Qarshining “Nasaf” jamoasi OFK Elit Chempionlar ligasi 1-turda Saudiya Arabistonining “Al Ahli” jamoasiga, 2- turda esa “Al-Hilol” jamoasiga qarshi uchrashuvlarda mag‘lubiyatga uchragan edi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari umumiy jadvalda so‘ngi o‘rinda bormoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Ro'ziqul Berdiev “Nasaf” OFK Elit Chempionlar ligasi “Al-Vahda”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing