Bo‘kada maktabga kech qolgan bolalar o‘t yulishga majburlandi (video)
3-sahifa
−
07 may 4808 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi 24-sonli maktab o‘quvchilari maktabga kech qolgani uchun ular obodonlashtirish ishlariga jalb qilingani haqida xabar berilgandi. Bolalarni ushbu ishga jalb etgan direktor o‘rinbosariga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holatni o‘rganish maqsadida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, vaziyat atroflicha ko‘rib chiqilgan. Aniqlanishicha, holat joriy yilning 30 aprel kuni yuz bergan. Maktabning 11-sinf o‘quvchilari dars jarayonlariga kechikib kelgan. Holat ushbu o‘quvchilar tomonidan surunkali davom etib kelayotgani sababli maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ularni tartibga chaqirish maqsadida maktab gulxonasini yovvoyi o‘tlardan tozalashga jalb etgan. Bu jarayon 10 daqiqa davom etgan. Shundan so‘ng, darsga kech qolgan o‘quvchilar sinflariga kiritilgan.
Ishchi guruh tomonidan maktab rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga ogohlantirish berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Pop tumani 43-maktab direktori maktabda ta’til bo‘lishiga qaramay, pedagoglarni ta’lim maskaniga chaqirib, soat 16:00 gacha o‘zlariga tegishli bo‘lmagan vazifalarni bajarishga, ya’ni maktab hududidagi o‘t-o‘lan, beda va ajriqlarni yulishga majbur qilgandi. Shundan so‘ng direktor jarimaga tortilgandi.
Live
Barchasi