Eronda hokimiyat tepasiga Pahlaviyning kelishi haqida gapirishga erta – Tramp

Olam

image

Hozircha Eronning so‘nggi shohining to‘ng‘ich o‘g‘li Rizo Pahlaviy islom respublikasida qo‘llab-quvvatlanishi mumkinligi haqida gapirishga erta.  Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp so‘z ochdi. 

“U juda yoqimtoy ko‘rinadi, lekin uning o‘z mamlakatida qanday rol o‘ynashini bilmayman. Aslida, biz hali bu bosqichga yetib kelganimiz yo‘q. Biz ko‘p narsani o‘rganyapmiz. Ammo hali gapirishga erta. Uning o‘z mamlakati bilan qanday munosabatda ekanligini bilmayman”, degan Tramp “Reuters” agentligiga bergan intervyusida. 

Tramp so‘zida davom etarkan, Eron xalqi Pahlaviyni davlat boshiga kelishini xohlaydimi yo yo‘q, buni bilmasligi, ammo AQSH Pahlaviy Xomanaiyning kursisini egallashiga qarshi emasligini, nima bo‘lganda ham hozirgi jarayon qiziqligini aytgan. 

“Har qanday tuzum qulashi mumkin. U ag‘darilsa ham, ag‘darilmasa ham, bu qiziqarli davr bo‘ladi”, deydi Tramp. 

Rizo Pahlaviy 1960 yilda Tehronda tug‘ilgan, 1967 yilda valiahd shahzoda unvonini olgan va otasi Muhammad Rizo Pahlaviy vafotidan so‘ng taxtni egallashi kerak edi. Biroq 1979 yilgi Islom inqilobi natijasida Erondagi monarxiya ag‘darildi va so‘nggi shohning oilasi merosxo‘ri bilan birga mamlakatdan qochishga majbur bo‘ldi. 1980 yilda otasining vafotidan keyin, so‘nggi shohning farzandlari orasida eng kattasi bo‘lgan Rizo Pahlaviy Pahlaviylar xonadonini boshqargan va hamon taxtga da’vogarlik qilmoqda. Hozirda u AQSHda istiqomat qiladi va hozirgi Eron hukumatiga muxolifatda turib, siyosiy muhojirlar tomonidan tashkil etilgan va Parijda joylashgan, faoliyati islom respublikasida taqiqlangan Eron Milliy kengashini boshqarmoqda. 

Erondagi noroziliklar 29 dekabrda rial kursining keskin tushishi tufayli ko‘cha namoyishlari bilan boshlangan va ko‘plab yirik shaharlarga tarqalgan. Hokimiyat vakillari 40 ga yaqin huquq-tartibot xodimi halok bo‘lganini ma’lum qildi. 8 yanvardan boshlab, Eron TIV rahbari Abbos Aroqchining so‘zlariga ko‘ra, namoyishchilar safida qurollangan terrorchilar paydo bo‘lgan. Eron rahbariyati tartibsizliklarni uyushtirganlik uchun mas’uliyatni Isroil va AQSH zimmasiga yukladi. Ilgari Tramp islom respublikasiga qarshi kuch ishlatish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqayotgani haqida ogohlantirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Rizo Pahlaviy Erondagi namoyish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing