Erondan 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari evakuatsiya qilindi 

Jamiyat

image
Butun dunyo fuqarolarini Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilmoqda north_east

Butun dunyo fuqarolarini Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilmoqda

Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyat tufayli Erondan 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining ko‘rsatmalariga muvofiq, mamlakatning Tehron va Ashxoboddagi diplomatik vakolatxonalarida kecha-yu kunduz ishlaydigan tezkor shtablar tuzilgan. Tezkor shtab Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini Turkmaniston orqali vataniga qaytarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirmoqda.

O‘zbekistonning Tehrondagi elchixonasi o‘zbekistonliklarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha doimiy aloqa va muvofiqlashtiruv ishlarini olib boryapti. Ashxoboddagi elchixona esa Turkmaniston rasmiylari bilan hamkorlikda fuqarolarini chegarada kutib olish, viza va transport masalalarini hal etish hamda vataniga qaytarish jarayonini samarali tashkil etmoqda.

Bugungi kunga qadar Erondan Turkmaniston orqali jami 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari vataniga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov 30 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Eron hududidan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali muvaffaqiyatli evakuatsiya qilinganini bildirgan edi. Keyinroq, Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati Yaqin Sharqdagi keskinlashib borayotgan vaziyat fonida 109 nafar fuqarosini Eron hududidan zudlik bilan evakuatsiya qilgani haqida xabar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

evakuatsiya Yaqin Sharq Eron-Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing