Lukashenko qo‘shinlarni shay holatga keltirdi

Olam

image

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoning ko‘rsatmasi bilan mamlakat Qurolli kuchlari shay holatga keltirildi. Bu haqda BelTA xabar berdi.

“Qurolli kuchlarning bir qator bo‘linmalari ularni jangovar shay holatga keltirish, belgilangan hududlarga o‘tish va buyruqda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha qator tadbirlarni amalga oshiradi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, harakatlar Belarus Xavfsizlik kengashi Davlat kotibiyati nazorati ostida o‘tkazilayotgani ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 12-16 sentyabr kunlari 41 poligonda Rossiya va Belarus o‘rtasidagi “Zapad-2025” mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgandi. Mashg‘ulotlarda 100 ming harbiy xizmatchi qatnashgandi, 10 mingga yaqin texnika va turli qurol tizimlari jalb etilgan edi.

Mashqlarning mavzusi ittifoq davlatining harbiy xavfsizligini ta’minlash manfaatlari yo‘lida qo‘shin guruhlarini qo‘llashdan iborat edi. Belarus va Rossiya harbiy xizmatchilari havo hujumlarini qaytarish va dushmanning sabotaj guruhlariga qarshi kurashni mashq qildi. Kremlning ta’kidlashicha, mashg‘ulotlar rejalashtirilgan tarzda o‘tkazilgan va hech kimga qarshi qaratilgan emas.

“Zapad-2025” mashg‘ulotlarida strategik bo‘lmagan yadro qurollaridan foydalanishni rejalashtirish va yil oxirigacha Belarusga yetib borishi kerak bo‘lgan “Oreshnik” majmuasini joylashtirish amaliyoti o‘tkazilgandi.

Belarus armiyasi Bosh shtabi boshlig‘i Pavel Muraveyko mashg‘ulotlarda strategik bo‘lmagan yadroviy qurollardan foydalanishni rejalashtirish ham borligini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, “Oreshnik” mobil raketa tizimi baholandi va joylashtirildi. Uning ishontirishicha, mashg‘ulotlar davomida har ikki davlat harbiylari oldiga qo‘yilgan “barcha vazifalar” bajarilgan.

Bundan tashqari, birinchi marta Rossiya va Belarus harbiylari dronlarni jangovar sharoitlarda qo‘llash bo‘yicha to‘plangan tajribani tizimlashtirgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko “Time” jurnali jurnalisti bilan suhbatda Belarus urushning oldini olish maqsadida har kuni, har oy urushga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytgandi. U Belarusning mudofaa qobiliyatini oshirishda Rossiya ittifoqchilari muhim rol o‘ynashini ta’kidlagandi. Aleksandr Lukashenko Rossiya Belarusning o‘z milliy xavfsizligini ta’minlashdagi strategik ahamiyatini bilishini va shu bois uni bu borada qo‘llab-quvvatlashini aytgandi. U respublikaga harbiy tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda yadro qurolidan foydalanishga tayyorligini yashirib o‘tirmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qurolli kuchlar Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing