Muxlislar joriy yilda yana 3 ta “El klasiko” ko‘rishi mumkin

Sport

image

“Barselona” Ispaniya kubogi 2024/25 mavsumining yarim finalining so‘nggi ishtirokchisi bo‘ldi. 6 fevral kuni kataloniyaliklar “Valensiya”ni 5:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Bungacha “Real”, “Atletiko” va “Real Sosedad” jamoalari ham musobaqaning yarim finaliga yo‘l olgandi.

Yarim final bosqichiga qur’a tashlash marosimi 12 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Dastlabki o‘yinlar 25-27 fevral kunlari, javob o‘yinlari 1-3 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Yarim finalda “Real” va “Barselona”ning o‘zaro to‘qnash kelish ehtimoli yuqori. Agar jamoalar qur’ada bir-biriga ro‘baro‘ kelsa, muxlislar 2025 yilda jami 4 ta “El klasiko”ga guvoh bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, oxirgi “El klasiko” 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda “Barselona” “Real”ni 5:2 hisobida mag‘lub etib, Ispaniya Superkubogi sohibiga aylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Ispaniya kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing