Pedri “Barselona”ning o‘yinidan qoniqmayapti

Sport

image

“Barselona”ning ispaniyalik yarim himoyachisi Pedri jamoaning so‘nggi o‘yinidan mamnun emasligini bildirib, futbolchilarni o‘z o‘yinini yaxshilashga chaqirdi. Bu haqda u La Liganing 9-turida “Jirona”ga qarshi (2:1) o‘tkazilgan bahsdan keyin aytib o‘tdi.

“Men jamoamizning o‘yinidan qoniqmadim. Biz juda ko‘p jihatni yaxshilashga majburmiz, ayniqsa, pressing borasida. Ikki o‘yindan beri o‘zimizning haqiqiy darajamizni ko‘rsata olmayapmiz. To‘p bilan o‘yinda ham tezlik va ijodkorlik yetishmayapti. Bizda rivojlanish uchun katta salohiyat bor, shu hafta ichida murabbiy bilan tahlil qilib, keyingi o‘yingacha sifatni oshirishimiz kerak”, dedi Pedri.

Shuningdek, u jamoaning himoyadagi xatolariga ham to‘xtalib o‘tdi:

“Agar pressing yaxshi ishlamasa va himoya chizig‘i yuqori bo‘lsa, raqib uchun xavfli vaziyat yaratish oson bo‘ladi. Bir pas bilan oldinga to‘p tashlab, darvozabon bilan yakkama-yakka chiqish mumkin. Shu bois, biz to‘p bilan aniqroq o‘ynashni o‘rganishimiz kerak. Yaxshi tomoni shundaki, bizda o‘sish imkoniyati bor va uch ochkoni ham oldik”.

Ma’lumot uchun, “Barselona” keyingi uchrashuvini Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida Gretsiyaning “Olimpiakos” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Barselona Pedri Jirona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing