Parkentda Cobalt 9 yoshli bolani bosib, sudrab ketdi (video)
3-sahifa
−
25 Oktabr 11065 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Parkent tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 9 yoshli bola halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, YTH joriy yilning 18 oktyabr kuni soat taxminan 11:00 da Parkent tumani hududidan o‘tgan (D-015 “Qiziltog‘ sh. – Parkent sh. – Yangi bozor q.”) avtomobil yo‘lining 57-kilometrida yuz bergan. 39 yoshli X.D boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasi piyodalar o‘tish joyidan yugurib o‘tayotgan 2016 yilda tug‘ilgan Sh.M.ni urib yuborgan. Oqibatda piyoda tan jarohatlari olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi, davolanishda.
YHXB tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda bola halok bo‘lgani haqida tarqatilayotgan ma’lumotlar mutlaqo asossiz, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Shuningdek, ushbu YTHda ishtirokchi sifatida Damas haydovchisi, 1992 yilda tug‘ilgan K.X. ham qayd etilgan. Holat yuzasidan Parkent tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan Cobalt avtomobili Nexia bilan to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etgandi.
Live
Barchasi