Tanishing! Ukrainaga yangi mudofaa vaziri tayinlandi

Olam

image

Ukraina Oliy Radasi (parlamenti) Mixail Fyodorovni mamlakat Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlash uchun ovoz berdi. 

Ukraina ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, tegishli qarorni 277 nafar xalq deputati qo‘llab-quvvatlagan, 9 nafari betaraf qolgan, 32 nafar parlamentariy ovoz bermagan. Shu bilan birga, Fyodorov nomzodiga hech kim “qarshi” ovoz bermagan. 

Shunday tariqa Oliy Rada ikkinchi urinishda Fyodorovni Mudofaa vazirligi rahbari etib tayinlashga muvaffaq bo‘ldi, chunki kecha, 13 yanvar kuni ushbu masala parlamentda ko‘rib chiqilayotganda ovozlar yetarli bo‘lmagan edi. 

Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlanganidan so‘ng, Fyodorov parlament zalida qasamyod qildi. 

“Men Mudofaa vaziri lavozimiga raqamli davlat qurgan va “Dіyu”ni (“Smartfondagi davlat” – mobil xizmati va veb-portali – tahr.) yaratgan vazir sifatida emas, balki 2022 yildan beri jamoasi uzoq vaqt urush uchun ishlagan odam sifatida kelyapman”, degan Fyodorov Radadagi lavozimga tayinlanishidan oldin. 

Mixail Fyodorov 2025 yilda Bosh vazir Yuliya Sviridenkoning yangi hukumatida o‘z lavozimini saqlab qoldi va Ukrainaning birinchi Bosh vaziri o‘rinbosari va raqamli transformatsiya vaziri etib tayinlandi. 

Bundan tashqari, Oliy Rada bugunning o‘zida sobiq Mudofaa vaziri Denis Shmigalni Bosh vazir birinchi o‘rinbosari – energetika vaziri lavozimiga tayinladi. Parlament yalpi majlisida 248 nafar xalq deputat tegishli qarorni qo‘llab-quvvatladi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 yanvar kuni Ukraina Oliy Radasi  Mudofaa vaziri Denis Shmigal, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va raqamli transformatsiya vaziri Mixail Fyodorov, Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyukni lavozimidan ozod etishni ma’qullagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Mixail Fyodorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing