Toshkent viloyatida ayolini kaltaklab o‘ldirgan erkak jazolandi
3-sahifa
−
04 iyul 8695 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida 23 yoshli kelin ovsini, qaynonasi va eri tomonidan vahshiylarcha kaltaklanishi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi. Ushbu ayolni kaltaklagan turmush o‘rtog‘iga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16 yanvar kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro K.G. va uning 2001 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i Sh.U. o‘rtasida oilaviy kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Janjal vaqtida fuqaro ayolni urib, tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi Chinoz tumani tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan. U olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonaning o‘zida vafot etgan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) 8-qismi “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan hamda unga nisbatan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida 71 yoshli ayol o‘z uyida pichoqlab o‘ldirib ketilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi