Toshkentdagi kasb-hunar texnikumi o‘quvchisini kim urgani ma’lum bo‘ldi
3-sahifa
−
03 Oktabr 14572 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan maxsus kasb-hunar texnikumida ta’lim olayotgan o‘quvchiga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu o‘quvchining o‘z kursdoshi tomonidan kaltaklangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi nazoratiga olinib, tuman prokuraturasi, tuman Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Aniqlanishicha, voqea ikki nafar voyaga yetmagan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik tufayli yuz bergan va jabrlanuvchiga unga xonadosh bo‘lgan kursdoshi tan jarohati yetkazgan.
Bildirilishicha, hozirgi vaqtda jabrlangan bolaga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda va u Ijtimoiy himoya milliy agentligi nazoratiga olingan. Bu bo‘yicha alohida keys ochilgan va vaziyat doimiy kuzatuvda. Shuningdek, nazoratni ta’minlamagan va bunday holatga yo‘l qo‘ygan muassasa mas’ullariga nisbatan qonuniy baho berilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 1980 yilda tug‘ilgan ayol 2022 yilda tug‘ilgan nevarasi va shu yerda o‘ynayotgan 2017 yilda tug‘ilgan boshqa bir bolaning o‘zaro janjaliga aralashib, 8 yoshli bolaning yuz qismiga qo‘li bilan bir necha marotaba urib, kaltaklagan edi.
Live
Barchasi