Toshkentda talaba qarovsiz qolgan yosh bolani qutqarib qoldi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida talaba yigit qarovsiz qolgan bolani qutqarib qoldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda sidirilgan videolarda taxminan 2-3 yosh atrofidagi bola uyning “balkon” qismiga chiqib olib, u yerdagi to‘siqdan pastga intilayotgani tasvirlangan. Bu paytda 5-qavatdagi talaba himoya vositalarisiz pastga tushib, bolaning hayotini saqlab qolgan.

Talaba yigitning so‘zlariga qaraganda, u 5-qavatdan 4-qavat balkoniga tushganida bir emas, uch nafar bola bo‘lganini ko‘rgan.

IIBB xabarida aytilishicha, mahalla profilaktika inspektori tomonidan bolalarning onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Baxmal tumanida qutqaruvchilar hojatxonaga tushib ketgan bolaning hayotini saqlab qolgandi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent IIBB Yangihayot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing