Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
28 Oktabr 1659 1 daqiqa
Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib Kenji Hirata tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Kenji Hirata Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan.
“O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik kun tartibi o‘zaro manfaatli tashabbuslar hamda loyihalar bilan kengayib bormoqda. Elchi janoblariga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi Saidov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Serbiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlan favqulodda va muxtor elchisi Momchilo Babich Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.