Jarima ballari 1 maydan kuchga kirmaydigan bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda jarima ballarini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat belgilangan tartibda ishlab chiqilmoqda. Shu bois jarima ballari 1 may kunidan boshlab kuchga kirmaydi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan so‘ng, yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun beriladigan jarima ballarining hisoblanish muddati va tartibi aniq belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, 20 mart kuni hukumatning yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholashga oid “Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e’lon qilingan. Qaror muhokamasi joriy yil 4 aprelgacha davom etishi,1 maydan e’tiboran kuchga kirishi belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

yo'l qoidasi jarima ballari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing